gaveluFlow Notes
Foydalanish shartlari
Oxirgi yangilanish: 2025-09-05
uFlow Notes (notes.uflow.uz) — pulli qisqa yozuvlar (notes) lentasi. Quyidagi shartlar xizmatdan foydalanishga rozi bo'lishingiz uchun asos bo'ladi. Xizmatdan foydalanish orqali siz ushbu shartlarni to'liq qabul qilasiz.
article1. Xizmat haqida
- uFlow Notes foydalanuvchilarga qisqa yozuv (280 belgigacha) to'lab joylash imkonini beradi. Yozuvlar umumiy lantada barchaga ko'rinadi.
- Tariflar: BASIC (3 000 so'm, 2 kun, faqat matn), ULTRA (15 000 so'm, 30 kun, 48 soat TOP, musiqa+rasm+shrift+havola), EXCLUSIVE (60 000 so'm, 2 kun, birinchi 24 soat TOP #1, har kuni 06:00 dan keyin sotib olinadi, bir vaqtda 1 ta slot).
article2. Hisob va xavfsizlik
- Yozuv joylash uchun UFlow ID akkaunti yoki anonim (o'z ismingizni yozib) rejimdan foydalanishingiz mumkin.
- Akkauntingiz uchun javobgarlik sizda. Parol va sessiyani uchinchi shaxslarga bermang.
article3. To'lovlar
- To'lovlar Payme, Click, Uzum va bank kartalari orqali uchinchi tomon to'lov provayderlari (inPAY) orqali qabul qilinadi.
- To'lov tasdiqlangandan so'ng yozuv avtomatik faollashadi. To'lov muvaffaqiyatsiz yakunlansa, buyurtma 'pending' holatida qoladi va 'Mening yozuvlarim' sahifasidan qayta to'lash mumkin.
- Xizmat ishga tushgach to'langan mablag' qaytarilmaydi, chunki yozuv darhol keng ommaga ko'rsatiladi. Texnik xatolik yuzaga kelsa, chat.uflow.uz orqali murojaat qiling.
article4. Ruxsat etilgan kontent
- Taqiqladi: haqorat, kiberzo'ravonlik, soxta ma'lumot, spam, firibgarlik, nashr etilgan materialning muallif huquqini buzish, kamsitish, zo'rlikka undash, bolalarga zararli kontent, boshqalarning shaxsiy ma'lumotlarini ruxsatsiz tarqatish.
- Rasm, havola va ijtimoiy tarmoq havolalari admin tekshiruvidan o'tadi. Tegilmaguncha ular umumiy lantada ko'rinmaydi.
- Shikoyat (report) yozuvni o'chirilmaydi — u admin moderatsiyasi navbatiga tushadi. Faqat admin yozuvni bloklash yoki ommada qoldirishga qaror beradi; foydalanuvchilar boshqa odam yozuvini o'chira olmaydi.
article5. Moderatsiya
- Barcha yozuvlar jamoaviy report va admin moderatsiyasiga bo'ysunadi. Qoidabuzar yozuvlar ogohlantirilmasdan o'chirilishi mumkin.
- Takroriy qoidabuzarliklar akkaunt notes huquqidan yoki umuman UFlow ID'dan mahrum qilinishiga sabab bo'ladi.
article6. Yozuv muddati
- Har bir yozuv tarifga mos muddat yashaydi (2 / 7 / 30 kun). Muddat tugagach yozuv lantadan avtomatik o'chadi.
- O'zingiz yozuvni istalgan vaqtda yashirish yoki o'chirishingiz mumkin.
article7. Javobgarlik cheklovi
- Yozuvlar matni uchun javobgarlik muallifga tegishli. uFlow Notes foydalanuvchi kontenti uchun yuridik javobgarlik bo'ymaydi.
- Xizmat 'as is' — uzluksiz ishlash kafolatlanmaydi. Texnik ishlar davomida vaqtincha ishlamay qolishi mumkin.
article8. Shartlarga o'zgartirish
- Ushbu shartlar vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin. Muhim o'zgarishlar bo'lsa, sahifada yangi sana ko'rsatiladi.
- Shartlarni qabul qilmasangiz, xizmatdan foydalanishni to'xtating.
article9. Aloqa
- Savollar va murojaatlar uchun: chat.uflow.uz yoki diyorbekxme@gmail.com.
© 2025 uFlow Notes — notes.uflow.uz