shield_lockuFlow Notes
Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2025-09-05
uFlow Notes sizning maxfiyligingizni hurmat qiladi. Bu siyosat qanday ma'lumotlar yig'ilishi, ular qanday ishlatilishi va himoya qilinishini tushuntiradi.
lock1. Yig'iladigan ma'lumotlar
- Akkaunt ma'lumotlari: UFlow ID (id.uflow.uz) orqali — ism/foydalanuvchi nomi, email, avatar. Bu ma'lumotlar profilingizga bog'lanadi.
- Yozuv ma'lumotlari: yozuv matni, tanlangan rang/shrift/musiqa/rasm, havolalar, ijtimoiy tarmoq havolasi, joylash vaqti va muddati.
- Statistika: yozuvning ko'rish va like sonlari. Aniq IP yoki keng qamrovli tracking yig'ilmaydi.
- To'lov ma'lumotlari: karta raqamlari bizning serverlarimizda SAQLANMAYDI — ularni to'lov provayderi (inPAY, Payme, Click, Uzum) qabul qiladi.
lock2. Ma'lumotlardan foydalanish
- Yozuvlarni lantada ko'rsatish, mualliflikni ko'rsatish, moderatsiya va firibgarlikka qarshi himoya uchun.
- Statistikani agregat shaklda ko'rsatish (masalan, umumiy to'lovlar soni).
- Sizga xizmat bilan bog'liq muhim xabarlarni yuborish uchun.
lock3. Cookie va localStorage
- Sessiya cookie'lari kirish holatini saqlaydi (.uflow.uz domeni bo'ylab).
- Brauzeringizda til, mavzu (dark/light), qoralama yozuv va anonim token localStorage'da saqlanadi. Buni tozalashingiz mumkin.
lock4. Uchinchi tomonlar
- To'lov provayderlari (inPAY, Payme, Click, Uzum) — to'lovni qayta ishlash uchun.
- Archive.org — agar siz ochiq audio havolasini qo'lsangiz, pleer ularning serveridan yuklanadi.
- Google Fonts — shriftlarni yuklash uchun.
- Supabase — ma'lumotlar bazasi va fayl saqlash (rasmlar notes bucketida).
lock5. Ma'lumotlarni saqlash muddati
- Yozuvlar tarif muddati tugagach avtomatik o'chadi (purge).
- Buyurtma yozuvlari buxgalteriya va nizolarni hal qilish uchun saqlanadi.
- Akkauntingizni o'chirishni istasangiz, id.uflow.uz orqali murojaat qiling.
lock6. Xavfsizlik
- Barcha trafik HTTPS orqali shifrlanadi. Ma'lumotlar bazasiga kirish qat'iy RLS (Row Level Security) siyosatlari bilan cheklangan.
- Adminlar faqat moderatsiya uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni ko'radi (rasm/havola tekshiruvi).
lock7. Sizning huquqlaringiz
- O'z yozuvlaringizni ko'rish, tahrirlash, yashirish va o'chirish huquqingiz bor.
- Maxfiylik bo'yicha savollar: diyorbekxme@gmail.com.
© 2025 uFlow Notes — notes.uflow.uz